So’nggi yangiliklar

15:54"Бавария" бошқа мураббийлардан рад жавобини олганига қарамай, Зидан вариантини кўриб чиқмайди  1 15:31"Сассуоло" — "Кальяри" 0:0 (Матнли трансляция)  3 15:23"Спартак" — "Рубин". Раҳмоналиев асосий таркибда, Ашурматов эса...  0 15:02Владимир Бубанья: "Андижон" мухлислари Осиёда энг зўрлари. Мухлислар олдида қарздормиз"  2 14:29"Сассуоло" — "Кальяри". Шомуродов асосий таркибдами?  9 14:05Суперлиганинг қолдирилган 4 та учрашуви сабаб июнь ойи тақвимида ўзгариш юз берди  0 13:40"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз  0 13:32Аввалгиларга ўхшамас. Наманганда бугун ким байрам қилади?   9 13:20Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган  9 12:22"Энди ўйнамайсан". "Барселона" ўйинчиси Ла Лигадаги ўйин пайтида Хавининг акаси билан жанжаллашди  5 11:49Тен Хаг топ трансферлар ҳақида: "Манчестер Юнайтед" – ҳар қандай ўйинчи учун жуда ҳам жозибадор клуб"  3 11:20Роналду "Арсенал" ҳақида: "Э худоим, улар чемпионатни ютишмайди"  36 10:48Артета: «Орзумиз ҳали ўлмади»  7 10:19«Бавария»ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди  9 09:53Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1

Yana bir murabbiy "Bavariya"ga o'tish istagi yo'qligini aytdi Yangiliklar

Yana bir murabbiy "Bavariya"ga o'tish istagi yo'qligini aytdi

Myunxen klubi yangi murabbiy topishda qiynalmoqda.

Fevral oyi oxirida "Bavariya" Tomas Tuxel faqat mavsum oxirigacha murabbiy bo'lishini elon qildi. Yangi murabbiy izlashda "Bavariya" muvafaqqiyatsizlikka yuz tutmoqda. Xabi Alonso, Yulian Nagelsmann, Ralf Rangnik, Unai Emeri va Yoaxim Lyov Myunxenda ishlash imkoniyatidan foydalanishni xohlamadi. Roberto De Zerbi "Brayton"da qolish istagini ochiq bildirdi.



Bazi ommaviy axborot vositalari Rojer SHmidt nomzodi haqida bong ura boshladilar. 57 yoshli mutaxassis deyarli ikki yildan beri "Benfika"ni boshqarib kelmoqda. Bungacha u PSV va Leverkuzenning "Bayer" jamoalarida faoliyat yuritgan.

SHmidt Myunxenda ishlashdan manfaatdor emas. U buni katta qatiyat bilan takidladi: 

"Men 2026 yilning yoziga qadar "Benfika"da qolishim aniq. Bu men xohlagan narsa. SHu bois yangi shartnoma imzoladim.

Men bozorda yo'qman. "Benfika"da ishim bor. Men bu erda kelgusi yillar uchun salohiyatni ko'rmoqdaman".

Germaniyalik murabbiy joriy mavsum "Benfika"ni Portugaliya chempioniga aylantira olmaydi. Uning jamoasi mahalliy ligani ikkinchi o'rinda yakunlaydi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
06 may 14:09:21
Na sayte bavariya
Xmmm klop da eng zuri bowqasi tugriyam kemasa kere ))
+1   
06 may 11:57:39
Nik Zeyn
Kim tarjima qildi buni ..))))

Germaniyalik murabbiy joriy mavsum "Benfika"ni Portugaliya chempioniga aylantira olmaydi. Uning jamoasi mahalliy ligani ikkinchi o'rinda yakunlaydi.

Bu tarjimami yoʻ Vangani bashoratimi ......)))))
   
06 may 16:31:20
Bavariya va liverpul
Na sayte bavariya foydalanuvchining fikriga javob berish
Xmmm klop da eng zuri bowqasi tugriyam kemasa kere ))
Tog'ri fikir Klopni kutish kerak . Keyingi mafsunga yoshi katta mashxur ishsiz yurgan biron murabi bn 1 yillik shartnoma tuzib turish kerak keyin Kloppni olib kelishadi.
   
06 may 13:12:13
Husniddin Bukaboyev
Nik Zeyn foydalanuvchining fikriga javob berish
Kim tarjima qildi buni ..)))) Germaniyalik murabbiy joriy mavsum "Benfika"ni Portugaliya chempioniga aylantira olmaydi. Uning jamoasi mahalliy ligani ikkinchi o'rinda yakunlaydi. Bu tarjimami yoʻ Vangani bashoratimi ......)))))
Turnir jadvali,qolgan oʻyinlardan kelib chiqib shunday degandirda.
   
06 may 11:59:07
Otabek Uzoqov
Demak Bavariyada nimadir bor... Hamma bekorga rad qilmasa kerak
-1   
06 may 13:49:38
Rasul M
Sababi Bavariya imkoniyat bermaydi...Niko Kovac Keyin otgan mavsum Nagellsman kutilmaganda istefo beradi...bu esa murabbiylarning obrosini tushuradi...Buni koplap murabbiylarda koryapmiz...Shunga murabbiylar yoq diyapdi
-1   
06 may 12:04:41
Азимжон Зайдуллаев
Ўтган йили Бенфикани чкмпион қилганди бу мураббий
-1   
06 may 11:56:42
football4fans
Hamma otkaz qilib Bavaryani bunchalik xo'rlamanglar e...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика